Qozog‘iston go‘zali idish-tovoq yuvuvchi bo‘lib ishga kirdi - video

"Miss Qozog‘iston - 2019" tanlovi final bosqichida ishtirok etgan Gulnur Nurtaza Qizilo‘rda kafesida idish-tovoq yuvuvchi bo‘lib ishlashga majbur bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. "Miss Qozog‘iston - 2019" tanlovi final bosqichida ishtirok etgan Gulnur Nurtaza Qizilo‘rda kafesida idish-tovoq yuvuvchi bo‘lib ishlashga majbur bo‘ldi, deb xabar qildi 365info.kz.
Qiz shahar kafelaridan birining oshxonasida ishlayotgani aks etgan video internetda paydo bo‘ldi.
Kadr ortida aytilgan ovozga ko‘ra, bu Gulnur Nurtaza "Miss Qizilo‘rda - 2017" unvoni sohibi.
Videoda ayol sobiq "miss" bo‘lgani, hozirda shunday sharoitda ishlashini inkor etmadi.
19 yoshli Gulnur tanishlarining so‘zlariga ko‘ra, u qiyin vaziyatga tushib qoldi. Qiz ota-onasidan ayrildi. Uning otasi 2-yil oldin, onasi esa 2 oy oldin vafot etdi. Endi u o‘z-o‘zini boqish uchun ishlashi kerak.
Portal ta’kidlashicha, Gulnurning go‘zalligi unga ayrim muammolarni yuzaga keltirmoqda: ish beruvchi-ayollar erlarini "olib qo‘yishidan" qo‘rqib, unga rad javobini berishadi, erkaklar esa birdan unga intim aloqani taklif qilishadi.
Gulnur Nurtaza 2017-yilda Qizilo‘da shahrining eng go‘zal qizi deb topildi, 2-yil o‘tgach, u milliy go‘zallik tanlovida qatnashdi.