Urganch – Farg‘ona yo‘nalishida muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yilmoqda

11 fevraldan haftaning payshanba va shanba kunlari Urganch – Farg‘ona – Urganch yo‘nalishida aviaqatnovlar muntazam ravishda bajariladi.
Sputnik
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Joriy yilning 3 va 6-fevral kunlari Urganch – Farg‘ona – Urganch yo‘nalishida muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, bu mamlakatda ichki turizm va ishbilarmonlik faolligini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi quyidagi jadval asosida parvozlarni amalga oshiradi:
Urganch – Farg‘ona
  • Uchish soat 10:55 da,  qo‘nish 12:35 da.
Farg‘ona – Urganch
  • Uchish soat 14:05 da,  🛬  qo‘nish 15:45 da.
Joriy yilning 11-fevralidan esa haftaning payshanba va shanba kunlari Urganch – Farg‘ona – Urganch yo‘nalishida aviaqatnovlar muntazam ravishda bajariladi.