Rossiya O‘zbekistonga yana o‘n jinoyatchini topshirdi

Rossiya O‘zbekistonga qator jinoyatlarda ayblanayotgan 10 nafar fuqaroni topshirdi. Ular orasida xavfli retsidivist ham bor.
Sputnik
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Rossiya O‘zbekistonga mulkka qarshi hamda giyohvand moddalari savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanayotgan 10 nafar fuqaroni topshirdi. Bu haqda Rossiya Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ular turli vaqtlarda Rossiya hududida qo‘lga olingan. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Rossiya tomoniga ularni topshirishga oidga tegishli so‘rovlarni yo‘llagan. Rossiya tomoni o‘z navbatida so‘rovlarni qanoatlantirgan. Maxsus posbonlar hamrohligida jinoyatchilar Toshkentga olib ketilgan.
Rossiya hibsga olingan 56 nafar ayblanuvchilarni Toshkentga jo‘natdi – video
O‘zbekistonga jo‘natilganlar orasida firibgarlik yo‘li 27 ming dollarni o‘zlashtirgan A’zamxon Tojixo‘jayev, ishga kiritib qo‘yish bahonasi bilan 19 kishini chuv tushirgan Tolib Siddiqov ham bor.
Shuningdek, Rossiya Bosh prokuraturasi O‘zbekistonga xavfli retsidivist Baxtiyor Mashrapovni jo‘natgan. U Farg‘onada firibgarlik yo‘li bilan birovning 1450 dollarini o‘zlashtirgani uchun sudlangan. Unga 2-yil 11 oy 8 kun ozodlikdan cheklash va 25 836 000 so‘m miqdorda jazo tayinlangan.
Mashrapov jazoni o‘tashdan bosh tortgani uchun uning o‘talmagan jazo qismi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilgan. Shundan keyin u xalqaro qidiruvga berilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya maxsus reys bilan O‘zbekistonga jinoiy javobgarlikka tortish va hukmni ijro etish uchun 56 nafar fuqarolarni jo‘natgan edi.