TOShKENT, 1 fev – Sputnik. O‘tgan yilda fuqarolikka qabul qilinganlar soni bo‘ycha Rossiya yangi rekord o‘rnatdi, deb xabar qilmoqda FinExpertiza xalqaro konsalting tarmog‘i.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, 2020-yilda 656,3 ming nafar xorijiy fuqarolar Rossiya pasportini olgan. Bundan oldingi rekord 2005-yilda o‘rnatilgan edi. O‘shanda 500 mingdan ortiq kishiga Rossiya fuqaroligi berilgan edi.
2020 yilda Rossiya fuqaroligini olganlar orasida eng ko‘p quyidagi fuqarolar:
- Ukraina 409 347 (62%)
- Tojikiston 63 389 (10%)
- Qozog‘iston 43 404 (7%)
- Armaniston 30 538 (5%)
- O‘zbekiston 23 131 (3.5%)
Undan tashqari 2020-yilda berilgan Yashashga ruxsatnoma va Vaqtincha yashashga ruxsatnomalar soni ham 900 mingdan oshgan. Ular orasida Ukraina fuqarlari – 192 ming, Tojikiston – 147 ming va O‘zbekiston fuqarolari 128 ming kishini tashkil qilmoqda. Ushbu shaxslar kelgusi yillarda Rossiya fuqaroligini olishi mumkin.