Qandli diabet, impotensiya va charchoq - D vitamini yetishmovchiligi g‘ayrioddiy alomatlari

Amerikalik farmatsevt Syuzi Koen D vitamini yetishmovchiligining g‘ayrioddiy belgilari ro‘yxatini e’lon qildi.
Sputnik
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Amerikalik farmatsevt Syuzi Koen D vitamini yetishmovchiligining g‘ayrioddiy belgilari ro‘yxatini e’lon qildi.
"Tojdor virus" ko‘payishini to‘xtatadigan vitamin nomi ma’lum qilindi
Shifokor quyidagi alomatlarga e’tibor qaratdi: akne (husnbuzar), yurak aritmiyasi, qon bosimi, seryig‘ilik, toliqqanlik, ichak bezovtalanishi, qorin shishishi, keratokonyuktivit quruq, tanada og‘riq, mushaklarning kuchsizligi, kognitiv pasayishi, neyropatiya, makulodistrofiya, autoimmun kasalliklarning kuchayishi, xirillash, allergiya, qizil yassi temiratki.
Farmatsevt bemorni tibbiy yordamga murojaat qilganda o‘zlarining alomatlarini iloji boricha batafsil aytish zarurligiga e’tibor qaratdi.
"Ko‘pgina shifokorlar s alomatlaringizning bir-biriga bog‘liqligini tushunish uchun barcha belgilarni bilishlari kerak. Bu to‘g‘ri davolanishni ta’minlaydi. <...> Shifokoringiz D vitamini yetishmovchiligi sezib, tabletkalar va ukol yozishdan oldin uni to‘ldirishni maslahat beradi", - deb tushuntirdi Koen.
D vitamini yetishmovchiligining boshqa belgilariga qonda shakarning ko‘payishi, terida toshmalar, impotensiya, siydik chiqarish bilan bog‘liq muammolar, qazg‘oq va qayg‘u xurujlari kiradi.
Mutaxassis D vitaminiga boy oziq-ovqatlarni ko‘proq iste’mol qilish, shifokor bilan maslahatlashib, munosib vitamin komplekslarini qabul qilishni tavsiya qildi.