Dollar kursi ko‘tarilishda hamon davom etmoqda

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 21,45 so‘mga ko‘tarildi.
Sputnik
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 2-fevraldan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 21,45 so‘mga ko‘tarilib, 10 540,44 so‘m tashkil qildi.
Yevro esa 6,58 so‘mga pasaydi va 12 791,88 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rubli ham 0,53 so‘mga tushib, 143,45 co‘m etib belgilandi.