AQSh kemasi yonidan Su-24 bombardimonchisi uchib o‘tishi videoga olindi

AQShning “Donald Kuk” harbiy kemasi oldidan Rossiyaning Su-24 bambardimonchisi uchib o‘tishi videoga olindi.
Sputnik
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. AQSh harbiy-dengiz kuchlari Twitter'da Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyotining Qora dengizda “Donald Kuk” harbiy kemasi yonidan uchib o‘tishi aks etgan videoni joylashtirdi.
Kema bortidan tasvirga olingan kadrlarda samolyot uning yonida qanday uchib o‘tayotgani aks etgan.
“Donald Kuk” kemasi 23-yanvar kuni Qora dengizga kirgandi, bir ozdan so‘ng, u yerga yana bir AQShning "Porter" harbiy kemasi yetib keldi. NATO ularning paydo bo‘lishini "Rossiya harbiy kuchlarining oshirishiga javob", deb izohladi.
Keyinchalik Rossiya Qora dengiz flotining "Admiral Makarov" fregati mintaqada AQSh 2ta esminetsi paydo bo‘lishi fonida mashq o‘tkazdi.