Jazoirda aholini “Sputnik V” vaksinasi bilan emlash boshlandi

Jazoir Rossiya vaksinasini 2021-yil 10-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazgan edi va kuni kecha mamlakatga “Sputnik V”ning dastlabki partiyasi yetkazib berilgan.
Sputnik
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Jazoirda aholini COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash ishlari boshlab yuborildi.
“Algeria Press Service” axborot agentligining xabar qilishicha, emlash uzoq vaqt mamlakatda kasallanish avj olishining yirik o‘choqlaridan biri bo‘lgan Blida viloyatida boshlangan. Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini eng birinchi bo‘lib blidalik 65 yoshli erkak olgan.
Birinchi bosqichda shifokorlar, keksalar va surunkali kasalliklari bor bemorlar emlanadi, keyin boshqa toifadagi fuqarolarni emlash boshlanadi.
Jazoir Rossiya vaksinasini 2021-yil 10-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazgan edi va kuni kecha mamlakatga “Sputnik V” vaksinasining dastlabki partiyasi yetkazib berilgan.
Jazoirda koronavirus 2020-yil 25-fevralda qayd etilgan. Shu paytga qadar kasallanganlar soni 106 mingdan oshgan. 2,8 mingdan ziyod bemor vafot etgan.