TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Toshkent shahrida fuqaroni Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahriga fohishalikka yuborayotgan opa-singillar ushlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, 26-yanvar kuni 32 yoshli N.Yu. Bektemir tumani IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda “Fotima” va “Zuhra” ismli shaxslar unga Dubaydagi mehmonxonalarda fohishalik bilan moddiy mablag‘ orttirishni taklif qilganliklarini bayon qilgan.
Ular fuqaroni Toshkent xalqaro aeroporti orqali yuborayotgan vaqtlarida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Fotima B. va Zuhra I.larga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksning 135-moddasi 2-qismi “e” bandi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda egizaklarning muqaddam bu kabi jinoyatlarga qo‘l urgani yoki urmagani surishtirilmoqda.