Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Tayinlovga qadar Olimxon Rustamov O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Sputnik
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Olimxon Rustamov O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-yanvar kuni tegishli farmonga imzo chekdi.
Tayinlovga qadar Rustamov O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. Undan oldin Hisob palatasi, “O‘zbekneftgaz” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK hamda boshqa idora va tashkilotlarda rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
O‘zbekiston ilk bor YeOIK yig‘ilishida ishtirok etdi
Olimxon Rustamov yangi lavozimida investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya loyihalari amalga oshirilishning samarali monitoringini olib borish, rivojlanish davlat dasturlari va investitsiya dasturlari, shu jumladan hududiy investitsiya dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda Respublika viloyatlari va erkin iqtisodiy zonalarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga mas’ul bo‘ladi.
Shuningdek, uning vazifalariga ijtimoiy soha, turizm va qurilish materiallari tarmog‘ining sohaviy rivojlanishini muvofiqlashtirish masalalari kiradi.