Toshkentda Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida Xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
Islom Karimov nomidagi Yodgorlik majmuasi va  Islom Karimov respublika xayriya jamoat fondi Xotira kechasining tashkilotchilaridir.
O‘zbekistonda Islom Abdug‘aniyevichning xotirasi chuqur ehtirom bilan yod olindi. Uning nomi mamlakatimizning qator ko‘chalariga, Toshkent davlat texnika universitetiga, Toshkent xalqaro aeroportiga, Asaka avtomobil zavodiga va Farg‘ona san’at saroyiga berilgan. Eng asosiysi, uning xotirasi har bir o‘zbekistonlikning qalbida chuqur hurmat bilan saqlanadi. 
Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
Kechani O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova vidiomurojaat bilan ochdi. Tadbirda, shuningdek, Islom Karimovning do‘stlari, zamondoshlari, ilm-fan va madaniyat arboblari, jamoatchilik vakillari Islom Karimov haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar.
Xotira kechasi doirasida  Akbar Mirzo tetralogiyasidan "So‘ngi nido" kitobining rus tilidagi tarjimasi "Posledniy zov" kitobining hamda Amirqul Karimovning O‘zbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimovga bag‘ishlangan "Istiqlol tarixidan lavhalar" to‘plamining taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.
Kecha mehmonlari va qatnashchilari O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yorqin  xotirasiga hurmat bajo keltirdilar va "Butun olamni jo qilgan yurak" ko‘rgazmalar ekspozitsiyasi bilan tanishdilar.