"Tik-tok"da mashhur qilaman": Tayloqda o‘zgani pul uchun qo‘rqitgan tovlamachilar qo‘lga olindi

Tovlamachilar ikki kishi bo‘lgan. Ular o‘zgaga tegishli sim kartani 1 million so‘mga sotayotgan vaqtida ushlanib, hujjatlashtirib olingan.
Sputnik
TOShKENT, 30 yanv - Sputnik. Toyloqda o‘zganing shaxsiy ma’lumotlarini "Tik tok"da tarqatish bilan qo‘rqitgan tovlamachilar qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.
IMEI kod aslida nima uchun kerak?
Xabarda aytilishicha, IIBga sirdaryolik 31 yashar arizachi murojaat qilib, telefon raqamiga noma’lum shaxs telefon qilib, tanishi B. o‘rtasidagi shaxsiy suhbatlar, fotosuratlar va videotasvirlarni "Tik tok"da tarqatish bilan qo‘rqitgan va evaziga 1 million so‘m berishni talab qilgan. Tovlamachi o‘zini samarqandlik Fedya deb tanishtirgan.
IIB tezkor vakillari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Samarqand viloyati Toyloq tumani Jumabozor qishlog‘ida yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan B.F. va 1992-yilda tug‘ilgan F.B.lar arizachiga tegishli sim kartani 1 million so‘mga sotayotgan vaqtida ushlanib, hujjatlashtirib olingan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.