Rossiyaga ish izlab: Samarqandda quruvchilar qanday tanlab olinmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va xorijiy kompaniyalar o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik asosida bugungi kunda rossiyalik ish beruvchilar O‘zbekistonning ayrim hududlarida RFga qurilish sohasiga ishga jalb qilish bo‘yicha tanlov o‘tkazishmoqda.
Sputnik
O‘zbekiston prezidenti - Shavkat Mirziyoyev mehnat migrantlariga nisbatan siyosatni qayta ko‘rib chiqish haqida gapirganidan so‘ng, migrantlar muammolari, ularning ijtimoiy-huquqiy muhofazasi haqida mamlakatning eng yuqori minbarlarida tilga olina boshlagan edi.
Bugungi kunga kelib, xorijda ishlamoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari mamlakatning har bir viloyatida ishga tushirilayotgan zamonaviy "Ishga marhamat" monomarkazlarida eng qisqa vaqt ichida o‘zlari istagan yo‘nalishdagi kasb-hunarni egallashlari, shuningdek, intensiv asosda xorijiy tillarni o‘rganishlari mumkin.
1 / 12
Samarqand shahridagi Avtomobilsozlik kollejida rossiyalik ish beruvchilar ishtirokida tanlov o‘tkazildi. Tanlov o‘tkazilishidan xabar topgan yuzlab fuqarolar erta tongdan belgilangan manzilga kelishni boshladilar. Kollej binosida xavfsizlik choralari Ichki ishlar xodimlari tomonidan ta’minlandi.
2 / 12
Ishga tanlov Rossiyaning "PIK-Industriya" va "TexStroy" qurilish kompaniyalari tomonidan 15-31 yanvar kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlarida o‘tkazilmoqda. Fuqarolar qurilish sohasidagi ishlarga jalb qilinishi ko‘zda tutilgan.
3 / 12
Tanlovda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri vakillari ishtirok etishi mumkin.
4 / 12
Rossiyada ishlashni istagan fuqarolarning yoshi turlicha: ular orasida 20 yoshdan endi oshgan va 60 yoshga yaqinlashganlari bor.
5 / 12
Pasport nazoratidan o‘tgan va ro‘yxatga olingandan so‘ng, fuqarolar kollej binosi ichida qisqa suhbatdan o‘tishmoqda. Suhbat vaqtida bo‘lajak xodimlarning ish tajribasi, ko‘nikmalari, qurilish sohasidagi mutaxassisliklari, rus tilini bilish darajasi aniqlanadi.
6 / 12
Suhbat vaqtida bo‘lajak xodimlarning ish tajribasi, ko‘nikmalari, qurilish sohasidagi mutaxassisliklari, rus tilini bilish darajasi aniqlanadi.
7 / 12
Rossiya qonunchiligiga belgilangan tartibga ko‘ra, ish beruvchi o‘ziga kerakli miqdorda mutaxassislarni tanlab olganidan so‘ng, ularning ro‘yxati Rossiyaning tegishli hududidagi maxsus komissiyaga taqdim etiladi. Komissiya tasdiqlaganidan so‘ng xodimlar tashkillashtirilgan tartibda bo‘lajak ish joyiga olib kelinadi.
8 / 12
Qurilish kompaniyalari O‘zbekistondan 4000 kishini ishga yollashni rejalashtirgan. Ular montajchilar, payvandchilar, g‘isht teruvchilar, armaturachilar, beton plitalarini joylashtiriuvchilar va ichki pardoz ishlari olib boruvchilar va boshqa mutaxassislarni ishga taklif qilmoqda.
9 / 12
Qurilish kompaniyalari O‘zbekistondan 4000 kishini ishga yollashni rejalashtirgan. Ular montajchilar, payvandchilar, g‘isht teruvchilar, armaturachilar, beton plitalarini joylashtiriuvchilar va ichki pardoz ishlari olib boruvchilar va boshqa mutaxassislarni ishga taklif qilmoqda.
10 / 12
Tanlov 4-fevralgacha ertalab to‘qqizdan kechgacha davom etadi. Qurilish kompaniyasi vakillarining aytishicha, har kuni 600dan ortiq talabgorlar suhbatdan o‘tkazilmoqda.
11 / 12
Xorazm viloyati Urganch shahrida o‘tkazilgan tanlovga tashrif buyurganlarning 70 foizi ishga jalb qilinish masalasida ijobiy javob olgan.
12 / 12
Vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan asosda chetga yuborilayotgan fuqarolarning transport, ovqatlanish, patent va yashash xarajatlari, shuningdek, o‘rtacha 500-700 AQSh dollari miqdoridagi oylik ish haqi bilan ta’minlanishi belgilangan.