TOShKENT, 30 yanv - Sputnik. Prezidentning 30-yanvardagi farmoni bilan Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov lavozimidan ozod etildi.
Uning o‘rniga shu vaqtga qadar Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Davron Hidoyatov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Shuningdek, Ulug‘bek Uzoqov Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ulug‘bek Uzoqov ayni paytga qadar Jizzax viloyati Do‘stlik tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.