Eron Rossiya bilan "Sputnik V" vaksinasi bo‘yicha bitim imzoladi

Eron rasmiylari ma’lum qilishicha, Islom Respublikasi Yaqin Sharqda vaksina ishlab chiqarish va eksport qilish markaziga aylanishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. Eron Rossiya bilan "Sputnik V" vaksinasi bo‘yicha hamkorlik qilish, jumladan uni Islom respublikasida ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Eronning Moskvadagi elchisi Kazem Jalali ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
G‘arb vaksina uchun urush olib borishga tayyor
"Eronda "Sputnik V" vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazilgach juma kuni Eron va Rossiya o‘rtasida uni xarid qilish va birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha bitim izolandi", - deb aytgan elchi IRNA agentligiga.
Diplomat so‘zlariga ko‘ra, RFPI bilan kelishuv doirasida, 4-fevralga qadar Eronga vaksina partiyasi yuboriladi.
Shuningdek, "Sputnik V" vaksinasini Eronda ishlab chiqarish masalasini muhokama qilish uchun Eron Sog‘liqni saqlash delegatsiyasi tez orada, aniqrog‘i o‘n kun ichida RFga kelishi ko‘zda tutilgan.
Eron rasmiylari ma’lum qilishicha, Islom Respublikasi Yaqin Sharqda vaksina ishlab chiqarish va eksport qilish markaziga aylanishi mumkin.
Moskvadagi Eron elchisi Kazem Jalili ham Eron Rossiya vaksinasi eksporti uchun "uzel" sifatida harakat qilishini tasdiqlagan.