TOShKENT, 29 yanv - Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Rossiya kompaniyalari orasidagi kelishuvga asosan, O‘zbekiston fuqarolari tashkillashtirilgan tartibda Rossiyaga ishga olib kelinmoqda. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Rossiyaning “PIK-Industriya” va “TexStroy” qurilish kompaniyalari 15-31 yanvar kunlari O‘zbekiston hududa quruvchi mutaxassislari bilan suhbat o‘tkazib ularni Rossiyada ishlash uchun tanlab olayotgani haqida oldinrok xabar bergan edik.
Bugun ana shunday suhbat Samarqand shahridagi Transport kolleji hududida boshlandi. Unda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri vakillari ishtirok etishi mumkin.
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Erta tongda suhbat bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan bino oldidan 500ga yaqin kishi to‘plangan. Ular pasport nazoratidan o‘tganidan so‘ng kollej binosi ichida qisqa suhbatdan o‘tishmoqda. Suhbat vaqtida bo‘lajak xodimlarning ish tajribasi, ko‘nikmalari, qurilish sohasidagi mutaxassisliklari, rus tilini bilish darajasi aniqlanadi.
Rossiya qonunchiligiga belgilangan tartibga ko‘ra, ish beruvchi o‘ziga kerakli miqdorda mutaxassislarni tanlab olganidan so‘ng, ularning ro‘yxati Rossiyaning tegishli hududidagi maxsus komissiyaga taqdim etiladi. Komissiya tasdiqlaganidan so‘ng xodimlar tashkillashtirilgan tartibda bo‘lajak ish joyiga olib kelinadi.
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Eslatib o‘tamiz, yuqorida qayd etilgan qurilish kompaniyalari O‘zbekistondan 4000 kishini ishga yollashni rejalashtirgan. Ular montajchilar, payvandchilar, g‘isht teruvchilar, armaturachilar, beton plitalarini joylashtiriuvchilar va ichki pardoz ishlari olib boruvchilar va boshqa mutaxassislarni ishga taklif qilmoqda.
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova