Dahshatli rekord: qozog‘istonlik erkak muz o‘yig‘ida 45 daqiqa turdi - video

Payshanba kuni Nur-Sultonda yashovchi Qayirbek Ayashev muzli daroda turish bo‘yicha Qozog‘iston yangi rekordini o‘rnatdi.
Sputnik
28 yanvar kuni 45 daqiqalik rekord Nur-Sulton yaqinidagi Ishim darosida qayd etildi. Uchinchi yil ketma-ket Sputnik Qozog‘iston muxbirlari krioatlet ("qishki suzish sporti" bilan shug‘ullanadigan odamlar) yangi rekord o‘rnatish jarayoniga guvoh bo‘lishdi.
Ayashev uch karra mamlakat rekordini o‘rnatdi, har yili 5 daqiqadan ko‘paytirmoqda.
Tayyorgarlik ko‘rmagan odam muzli suvda 10-15 daqiqa tursa, haddan tashqari sovib ketish, o‘limga olib kelishi mumkin.
Sportchi 2022-yilda yangi rekord o‘rnatish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. Erkaklar uchun jahon rekordi 2 soat bo‘lib - rossiyalik Dmitriy Balabanovga tegishli. Ayollar orasida - bir soat, rossiyalik ayol Osman Delibash tomonidan o‘rnatilgan.