TOShKENT, 29 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda 1-fevraldan boshlab maoshlar va ayrim ijtimoiy to‘lovlar miqdori oshadi.
"2021 yil 1-fevraldan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oshirilsin", - deyilgan prezident qarorida.
Shuningdek qo‘yidagi to‘lov miqdorlari ham oshiriladi:
- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 747 300 so‘m (avval 679 330 so‘m);
- bazaviy hisoblash miqdori – 245 ming so‘m (avval 223 ming so‘m);
- 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa:
a) 1ta bolali oilalarga – 144 100 so‘m (avval 131 ming);
b) 2ta bolali oilalarga – 238 700 so‘m (avval 217 ming);
v) 3ta va undan ortiq bolali - 334 400 so‘m (304 ming);
Oshmaydigan to‘lov turlari:
- Bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa - 434 ming so‘m;
- Kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam - 326 mingdan 653 ming so‘mgacha;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam - 434 mingdan 1 085 ming so‘m (avval ham shuncha, ya’ni oshmaydi) etib belgilangan.
Maoshlar va nafaqa to‘lovlari bo‘yicha ushbu o‘zgarishlar 2021-yil uchun "O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.