Rossiya YeOII migrantlarining identifikatsiya tizimini takomillashtiradi

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda uch oydan ziyod qolishni rejalashtirgan migrantlar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart.
Sputnik
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Rossiya Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo mamlakatlardan bo‘lgan migrantlarning identifikatsiya tizimni takomillashtiradi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Mixail Mishustin hukumat yig‘ilishi davomida ma’lum qildi.
“O‘tgan yili mamlakatimiz hududida bu davlatlarning (YeOIIga a’zo davlatlar – tahr.) 2,5 million nafarga fuqarolari bo‘ldi. Kirish uchun viza rasmiylashtirish talab qilinmaydigan migrantlar uchun identifikatsiya tizimi takomillashtiriladi”, - dedi Mishustin. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Rossiyada “nomaqbul” xorijliklarni chiqarib yuborishning yangi usuli qo‘llaniladi
U Rossiyada uch oydan ziyod muddat qolishni rejalashtirayotgan migrantlar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shartligini ta’kidladi.
“Koronavirus va boshqa xavfli infeksiyalar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatni inobatga olgan holda bugungi kunda bu zaruriy chora”, - deya qo‘shimcha qildi Rossiya bosh vaziri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalarini federal axborot tizimiga kiritish rejalashtirilgani xabar qilingan edi.