TOShKENT, 28 yanv - Sputnik. Shu kunlarda Oliy Majlisda 2021-yil oxirida bo‘lib o‘tadigan prezident saylovini dekabr oyidan oktabr oyiga ko‘chirish masalasi muhokama qilinmoqda. MDHning Markaziy Osiyo instituti bo‘limi rahbari Andrey Grozin aytishiga qaraganda, ushbu qadam biror yashirin siyosiy sabab tufayli emas, obyektiv pragmatik maqsadda amalga oshirilmoqda.
“Bu yerda hech qanday yashirin siyosiy o‘yin yo‘q. Hozir dunyoda murakkab iqtisodiy sharoit hukm surmoqda. Undan tashqari pandemiya bilan bog‘liq vaziyat ham goh o‘sib goh kamayib bormoqda. Barcha mamlakatlarda ijtimoiy tanglik oshib bormoqda, O‘zbekiston ham bundan mustasno emas. Lekin bu yerda barcha muammolar jamoat muhokamasi darajasiga olib chiqilmoqda. O‘zbekistonliklar hozircha Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan qayta isloh qilish siyosatiga xayrixohlik bildirishmoqda”, - deydi ekspert.
Andrey Grozin aytishiga ko‘ra, O‘zbekistonning amaldagi hukumati aholi orasida ishonch qozongan va prezident saylovini bir necha oy oldinga ko‘chirish – hech qanday siyosiy ma’noga ega emas.
Rossiyalik ekspert xulosasiga ko‘ra, O‘zbekistonda global miqyosda yo‘nalish o‘zgarishi yoki milliy rahbar o‘zgarishini kutish kerak emas. Respublika global murakkab sharoitlarda ham to‘xtovsiz rivojlanishda davom etmoqda.
Andrey Grozin xulosasi bilan batafsil podkastimizda tanishing.