TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. “Pokiston xalqaro aviakompaniyasi” uchuvchisi Panjob viloyatidagi Rahimor Xon shahri ustida noma’lum uchar jism (NUJ) ko‘ringani haqida ma’lum qildi, Geo News telekanali xabariga asosan.
"Quyosh nurlari bo‘lishiga qaramay, NUJ juda aniq ko‘rindi", - dedi pilot. U avvallari kunduzi bunday yorqin obyektni hech qachon ko‘rganligini aytdi. Osmonda ko‘ringan obyekt - sayyora yoki yulduz emas, balki Yerga yaqin bo‘lgan "kosmik stansiya" yoki "sun’iy sayyora" bo‘lishi mumkin, deya taxmin qildi.
Pokiston aviakompaniyasi rasmiy vakili ma’lum qilishicha, NUJ 23-yanvar kuni soat 16:00 atrofida, samolyot Karachidan Lahorga uchayotgan vaqtda ko‘rilgan. Samolyot NUJ ko‘ringan vaqtda samolyot 10,5 ming metr balandlikda bo‘lgan.
Uchuvchidan tashqari, noma’lum obyektni Rahimor Xon shahrida istiqomat qilayotgan ko‘plab kishilar ham ko‘rishgan va videoga olgan. Internetda tarqalgan videoda kunduzgi vaqtda osmonda yorqin nuqtani ko‘rish mumkin.