TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. “O‘zbekneftgaz” neft mahsulotlari va yakuniy iste’molchiga sotiladigan tovarlarga solinadigan aksiz soliq stavkalariga joriy yil 1-fevraldan o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilayotganini ma’lum qildi:
Neft mahsulotlariga solinadigan aksiz soliq stavkalari:
– 1 tonna Ai-80 benzini: amalda – 200 000 so‘m, 1-fevraldan – 240 000 so‘m (o‘zgarish 40 000 so‘m yoki 20%);
– 1 tonna Ai-90 va undan yuqori markali benzini: amalda – 250 000 so‘m, 1-fevraldan – 275 000 so‘m (o‘zgarish 25 000 so‘m yoki 10%);
– 1 tonna dizel yoqilg‘isi: amalda – 200 000 so‘m, 1-fevraldan – 240 000 so‘m (o‘zgarish 40 000 so‘m yoki 20%);
– 1 tonna EKO dizel yoqilg‘isi: amalda – 180 000 so‘m, 1-fevraldan – 216 000 so‘m (o‘zgarish 36 000 so‘m yoki 20%).
Yakuniy iste’molchiga sotiladigan tovarlarga solinadigan aksiz soliq stavkalari:
– 1 tonna benzin: amalda – 378 480 so‘m, 1-fevraldan – 465 530 so‘m (o‘zgarish 87 050 so‘m yoki 23%);
– 1 tonna dizel yoqilg‘isi: amalda – 346 275 so‘m, 1-fevraldan – 425 918 so‘m (o‘zgarish 79 643 so‘m yoki 23%).
“Yuqoridagi o‘zgarishlar Ai-80 benzini misolida ko‘rilganida, AYoQShlarda o‘rtacha narx tarkibidagi mavjud soliq va boshqa majburiy to‘lovlar o‘rtacha 110 so‘mgacha (QQS bilan) bo‘lgan miqdorda chakana narxiga ta’sir qilishi mumkin”, - deyilgan xabarda.