Moskvada uchuvchisiz uchadigan taksi namoyishi bo‘lib o‘tdi. Taksi elektr dvigatelda 150 metr balandlikgacha ko‘tarilib, soatiga 200 kilometr tezlikda harakatlanishi mumkin. Taksiga 300 kilogramm yuk ortish mumkin.
Taksi yaratuvchilari birinchi o‘rinda yangi turdagi transport yo‘lovchilari haqida qayg‘urishgan. Ular odamlar uchun himoya kapsulasi hamda yopiq elektr dvigatellar bilan jihozlanadi.
Bu taksilarga bo‘lgan talab yuqori bo‘lishi kutilmoqda, chunki safar arzonga tushadi va kam vaqt sarflanadi.
Ta’kidlanishicha, dronlarning birinchi namunalari joriy yilda quriladi, 2025-yilga kelib ommaviy ishga tushirish rejalashtirilmoqda