Farg‘ona viloyati hokimi Senat qo‘mitasi tarkibidan chiqarildi

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov Senatning Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi a’zoligidan chiqarildi.
Sputnik
TOShKENT, 28 yanv - Sputnik. Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tarkibidan chiqarildi, deb xabar qilmoqda O‘zA. 
"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga, "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qarori qabul qilindi.
Unga asosan  Xayrulla Xayitbayevich Bozarov Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tarkibidan chiqarildi", - deyilgan xabarda. 
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 25-sentabr kuni Xayrulla Bozorov prezident farmoniga asosan Farg‘ona viloyati hokimi lavozimiga tayinlangan edi. Bunga qadar X.Bozorov Namangan viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan edi.