Endi sotsializmda yashaymiz - Rossiya va Xitoy rahbarlari Davoss forumida nima dedi

Vladimir Putin va Si Szinpin inqirozdan chiqish uchun insoniyat qanday rivojlanish yo‘lidan borishi kerakligini tushintirib berishdi.
Sputnik
Odatda kasalni davolashda eng murakkab ish bu – diagnoz qo‘yishdir. Kasallik butun dunyo miqyosida tarqalgan holda – bu yanada murakkab ishga aylanadi. Bugungi kunda dunyo nafaqat krizisga tushib qolgan, balkim qiyinchilik bilan ulkan bir davr tugashini boshidan kechirmoqda.   
Deutsche Bank: global tartibsizlik davri kelmoqda
Virtual ko‘rinishda o‘tayotgan Davoss forumining maqsadi – dunyodagi eng kuchli davlatlarni jamlab, ular bilan birga butun planeta uchun porloq kelajak sari yo‘l topishdan iboratdir.
Forumda so‘zga chiqqan aksariyat orasidan biz, ertangi kun qanday bo‘lishi kerakligi va dunyo buning uchun nima qilishi kerakligi haqida gapirgan spikerlarning so‘zlariga e’tibor beramiz.
Shu bilan birga “dunyo endi hech qachon oldingidek bo‘lmaydi, endi faqat yomon bo‘ladi”, - deb qayta-qayta bong urayotgan pessimistlar gaplariga ham e’tibor beramiz.
Vladimir Putin ham o‘z nutqida, dastlab, dunyoning hozirgi holatiga “diagnoz” qo‘ydi. Rossiya prezidenti o‘z xulosalarini ko‘plab faktlar va raqamlar bilan to‘ldirib o‘tdi. 
Masalan, “So‘nggi 30-yilda rivojlangan davlatlarda aholining yarmidan ko‘pining daromadlari oshmagan, lekin ta’lim, sog‘liqni saqlash xizmatlari narxi 3 baravar oshgan”.
Yoki, “Xitoyda, so‘nggi 30-yil ichida  bir kunlik daromadi 5,5 dollardan kam bo‘lgan aholi miqdori 1,1 milliarddan 300 milliongacha kamaygan. Rossiyada esa ushbu raqam 64 milliondan 5 million kishigacha kamaygan”.
“Bugungi kunda butun dunyo iqtisodi faqat 1 million kishi yoki “oltin milliard” uchun ishlay olmaydi. Bu buzg‘unchi nuqtayi nazar va bunday rivojlanish modeli - barqaror bo‘lishi mumkin emas”, - deydi Vladimir Putin.  
Bundan xulosa shuki, dunyo iqtisodida so‘nggi 30-40 yil davomida ishlagan modeli inqirozga uchradi. Pandemiya uning o‘limini tezlashtirdi. Ushbu fikr oldin ham boshqa maydonchalarda bir necha barobar aytib o‘tilgan edi.
Xo‘sh, diagnoz ma’lum bo‘lsa, qanday yechimlar taklif qilindi? Vladimir Putinning taklifi quyidagilardan iborat (qisqacha):
  1. Inson hayot uchun qulay bo‘lgan sharoitda yashashi kerak. Bu uy, transport, energetik, kommunal infratuzilma va ekologik farovonlik.
  2. Inson ertangi kunidan, ishga joylasha olishidan va yashash va rivojlanish uchun yetarlicha daromadi bo‘lishidan ko‘ngli to‘q bo‘lishi kerak.
  3. Inson kerak bo‘lganda - sifatli, samarali tibbiy yordam olishiga ishonchi komil bo‘lishi kerak. Sog‘liqni saqlash tizimi – zamonaviy darajada xizmat ko‘rsatishi kerak.
  4. Oila daromadidan qat’iy nazar, bolalar munosib ta’lim olishiga va o‘z qobiliyatlarini amalda tatbiq eta olishiga imkon bo‘lishi kerak. Ana shundagina zamonaviy iqtisodni samarali rivojlantirish mumkin. Odamlar vosita emas – maqsad bo‘lishi kerak.
Bir qarashda bu sotsializmga o‘xshaydi, lekin jamiyatning boshqa ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishlari ham yuqoridagi oddiy prinsiplarga amal qilsa – barqaror rivojlanishi mumkin bo‘ladi.
Yuqoridagi prinsiplarga ogohlantirish sifatida quyidagilar ham aytildi: Markazlashgan, bir cho‘qqili dunyo qurishga bo‘lgan harakatlar davri tugadi. Umuman bunday tartib -  ko‘p madaniyatli, ko‘p qiyofali sivilizatsiyamizga zid. Kelajakda “turli rivojlanish markazlariga, o‘z modellari va siyosiy tizimlariga ega bo‘lgan yangi epoxa qurish kerak” va ular tinch raqobat qilishi kerak.
Faqat ko‘p qirrali hamkorlik insoniyatni qutqarib qoladi - Putin Davos forumida nima dedi
Xitoy rahbarining nutqi tahlil qilinganda, uning ham ma’nosi shunga o‘xshashligi, insoniyatning “taqdiri yagona ekani” haqida bildirilgan fikrlarni ko‘rish mumkin.
Dunyoning ikkita kuchli davlatlari rahbarlarining ushbu so‘zlari kim tomon yo‘naltirilgan edi? “Oltin milliardgami”? Davosni o‘z uyi deb hisoblaydigan ulkan korporatsiyalargami? Yoki insoniyatning qolgan qismiga?
Muqobil nuqtayi nazar -  Boshqa “Dunyo oldingi holiga qaytmaydi, endi hamma joyni xaos va tartibsizlik egallaydi", deb gapirayotgan pessimistlarning asl maqsadi nima? Ularning gaplari kimga qaratilgan?
Bunga javob topish uchun Davoss-2021 forumi tashkilotchilaridan biri, Klaus Shvab yaqinda nashrdan chiqargan "COVID-19: Buyuk perezagruzka" kitobiga e’tibor qaratamiz. Unda quyidagi qo‘rqinchili so‘zlar yozilgan. 
“Pandemiya – butun planetani qo‘rqitib davlatlar va jamiyatlarni ma’naviy yo‘q qilish uchun ajoyib vaqt. Hammani uy-uyida yashirinib karantin va lokdaunda o‘tirgan vaqtda biz, “oltin milliardning” intellektual liderlari, dunyoni o‘zimizga kerak bo‘lgan ko‘rinishda qayta yuklab (perezagruzka) olishimiz mumkin”, - deb yozadi Klaus Shvab. 
Darhaqiqat, endi dunyo oldingi holiga qaytmaydi. Lekin insoniyat undan ham yaxshi yashashi mumkin – buning uchun qaysi yo‘nalishda harakat qilishni ikki yirik davlat rahbarlari ko‘rsatib o‘tishdi.