TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi 413 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘lar tijorat banklari orqali kredit mablag‘lari ajratishga yo‘naltiriladi.
Jamg‘arma “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda AT ”Xalq banki” bilan birgalikda Jamg‘arma tomonidan avval ajratilgan kredit mablag‘larining so‘ndirilgan qismi hisobidan yangi loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit mablag‘ ajratiladi.
O‘zbekiston Davlat budjetini qo‘llab-quvvatlashga jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz mablag‘lari hisobidan 200 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.
Limonchilik yo‘nalishidagi loyihalar uchun kamida 50 milliard so‘m “Turonbank” ATB orqali yo‘naltiriladi.