Bizga sovuq emas: Yakutskda -51 darajada sovuq qayd etildi - video

Osmonda quyosh ham bulutlar ham ko‘rinmaydi, atrofni qalin tuman qoplab olgan: Yoqutistonda -50 daraja sovuq bu - odatiy hol.
Sputnik
Rossiyaning Yoqutiston o‘lkasining ayrim hududlarida havo harorati -58 darajagacha sovib ketdi. Bu so‘nggi 10-yilda rekord darajada qayd etilgan harorat, deyishmoqda mahalliy gidrometerologiya markazida. 
Yakutsk shahrida qayd etilgan eng sovuq havo -51 darajani tashkil qildi. 
Bunday havoda atrofni qalin tuman qoplab olgan. Osmonda quyosh ham bulutlar ham ko‘rinmaydi. Lekin shunga qarmasdan Yakutsk shahrida jamoat transporti odatdagidek ishlamoqda. Ochiq osmon ostidagi bozorlar faoliyati ham to‘xtagani yo‘q. 
Sotuvchilar aytishiga ko‘ra, bunday havo ular uchun odatiy hol. O‘zini yaxshi his qilish uchun issiqroq kiyinish kerak va qaynoq choy ichish kerak. 
Maktab o‘quvchilarini bunday havoda uyga qolish maqsadga muvofiq deb topilgan. Yoqutistonning aksariyat maktablarida o‘quvchilar masofadan turib o‘qitish tartibiga o‘tgan.