Tojikiston FVQ minus 50 daraja sovuq bo‘lishi haqida ogohlantirdi

Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi aholini minus 50 daraja qattiq sovuq bo‘lishi haqida ogohlantirdi.
Sputnik
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi aholini qattiq sovuq bo‘lishi haqida ogohlantirdi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.
Tojikistonga minus 40 darajadagi Sibir sovug‘i kelmoqda
Tojikiston meteorologiya agentligining xabar berishicha, respublikaning tog‘li va tog‘ oldi hududlarida 29-yanvarga qadar sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Kechasi ba’zi tumanlarda termometr minus 16-21 darajagacha tushadi, TBAOning sharqiy qismida 36-41 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Pomirning sharqiy qismida - Bulunkulda harorat 51-53 darajagacha pasayadi.
Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi fuqarolarga xavfsizlik choralariga rioya qilish zarurligi haqida eslatdi.
Avvalroq, yanvar boshida Tojikistonga minus 40 darajadagi Sibir sovug‘i kelishi haqida xabar bergandik.