Moskvada xorijlik taksichilar va kuryerlar bepul koronavirusga qarshi emlanishi mumkin

Avvalroq “Yandeks” kompaniyasi Moskva meriyasiga ularning fuqaroligi va tibbiyot sug‘urtasi mavjudligidan qat’i nazar taksichilar va kuryerlarga bepul emlanish imkoniyatini berishni so‘rab murojaat qilgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Moskva hukumati chet ellik haydovchilar va kuryerlarni koronavirusga qarshi emlash to‘g‘risidagi taklifni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda poytaxt Transport departamenti matbuot xizmati xabar qildi.
Avvalroq “Yandeks” kompaniyasi Moskva meriyasiga ularning fuqaroligi va  tibbiyot sug‘urtasi mavjudligidan qat’i nazar taksichilar va kuryerlarga bepul emlanish imkoniyatini berishni so‘rab murojaat qilgan edi. Hozir emlanish uchun sug‘urta talab etiladi.
Migrantlar qachon COVID-19’ga qarshi emlanadi?
“Yandeks” taklifini qo‘llab-quvvatlaymiz”, - deyiladi xabarda.
Transport departamenti rahbari Maksim Liksutov Moskva hukumati barcha taksi kompaniyalari haydovchilari uchun emlashni tashkil etishga tayyorligini bildirdi.
“Hamma kompaniyalar hamda turli yetkazib berish xizmati kuryerlarini taklif etamiz”, - degan u.
Xabarda emlanish mumkin bo‘lgan manzillar sal keyinroq e’lon qilinishi qo‘shimcha qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova migrantlar qachon COVID-19’ga qarshi emlanishi haqidagi savolga javob bergan edi.