Rossiya bug‘doy eksporti bojini ikki baravar oshirdi

Rossiya bug‘doy, makkajo‘xori va arpa eksport qiluvchi korxonalar uchun eksport bojini ikki baravar oshirdi.
Sputnik
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Rossiya bosh vazir Mixail Mishustin imzolagan yangi qarorga muvofiq, 1-martdan boshlab eksprtga yuborilayotgan bug‘doy poshlinasi 1 tonnaga 50 yevro miqdorida belgilandi.
Undan tashqari 15-martdan boshlab makkajo‘xori eksporti uchun tonnasiga 25 yevrodan, arpa eksporti uchun tonnasiga 10  yevrodan poshlina joriy etildi. Oshirilgan bojlar miqdori faqat YeOIIdan tashqariga yuborilayotgan mahsulotlar uchun qo‘llaniladi, deyilgan qarorda.
O‘zbekiston nonsiz qolmaydi – Rossiya savdo vakili
Ushbu choralar Rossiya ichki bozorida narxlarni barqarorlashtirish, xom-ashyo eksporti hajmini kamaytirish, qishloq xo‘jalik xom-ashyosini sotish bilan shug‘ullanayotgan ishtirokchilarni yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirish maqsadida amalga oshirilgan, - deyilgan qaror matnida.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida Rossiya hukumati oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘sishini qayd etgan edi. Shundan so‘ng Rossiya hukumati ichki bozordagi narxlarni jilovlab turishga qaratilgan qator choralar ko‘rishni boshladi.
Rossiyad bug‘doy, makkajo‘xori va arpa eksportiga doir qator cheklovlar mavjud. Xususan, umumy eksport miqdori belgilangan kvotadan oshgan taqdirda eksportchilar bir necha baravar ko‘prok boj to‘lashga majbur bo‘ladi.