Murodov uchinchi raundda kuchli zarbasi bilan amerikalik Endryu Sanchesni muvozanatni yo‘qotib qo‘yishiga erishdi va ketma-ket zarbalar berdi. Hakam ushbu vaziyatdan so‘ng jangni to‘xtatdi va o‘zbekistonlik jangchining g‘alabasini qayd etdi. Shu tariqa, u UFCʼdagi uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, UFC 257 doirasidagi muxlislar intiqlik bilan kutgan jang irlandiyalik Konor Makgregor va amerikalik Dastin Porye o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Birinchi raundda Makgregor ustunligini namoyish etdi. Biroq ikkinchi raundda Porye qulay fursatni poylab, ketma-ket zarbalar bilan Konorni chalg‘itib qo‘ydi. U amerikalikning zarbalaridan yerga quladi va bu uning sport faoliyatini ilk nokauti bo‘ldi.
Shu tariqa, Porye Konordan qasos olishga muvaffaq bo‘ldi. Makgregor va Porye 2014-yilda yuzma-yuz kelgan edi. O‘shanda Konor amerikalik jangchini birinchi raundning ikkinchi daqiqasida nokautga uchratgan edi.