Navoiydagi qurilishda ko‘tarma kran qulab tushdi

Navoiy shahrida qurilishda ko‘tarma kran qulab tushdi. Hodisa oqibatida bir kishi yengil tan jarohat olgan.
Sputnik
TOShKENT, 26 yanv - Sputnik. Navoiy shahridagi qurilishlardan birida ko‘tarma kran qulab tushdi, deb xabar qilmoqda mahalliy FVV bo‘linmasi. 
"Bugun soat 16:00larda Navoiy shahri Oshlik mahallasida «Shohjahon shamshiri” MChJ tomonidan ko‘p qavatli uylar qurilishida jalb etilgan kran qulab tushgan", - deyilgan xabarda. 
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kran boshqaruvchisi yengil tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.