TOShKENT, 26 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi axborot xizmati musulmon, katolik va pravoslav dinlari vakillari ishtirokida "Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz" nomli targ‘ibot video roligi tarorladi.
"Sog‘liq va aql bu Xudoning bizga bergan sovg‘asidir. Ushbu sovg‘ani biz asrab avaylab foydalanishimiz kerak. Shuningdek sog‘lom ovqatlanishimiz, sog‘lom turmush tarzi olib borishimiz juda muhim", - deydi O‘zbekistondagi Katolik cherkovi vakili Eji Matsulevich.
"Muqaddas kitoblarda yozilishiga ko‘ra, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish biz uchun juda foydali. Ana shundagida biz uzoq va samarali umr kechirishimiz mumkin. Lekin ruhimizni chiniqtirish va yaqinlarimizga yordam berishimiz ham kerak", - dedi Toshkentdagi rus pravoslav cherkovi vakili Statsenko Sergey.
"Inson tanasi Xudoning bizga bergan bebaho omonatidir. Bizning vazifamiz uni asrab avaylash, salomatligimizga befarq bo‘lmasligimz, meyorida ovqatlanishimiz va sport bilan shug‘ullanishimiz kerak. Qur’onda kuchli mo‘min kuchsiz mo‘mindan afzal ekani ham ta’kidlangan.
Payg‘ambarimizning o‘zlari ham chapdast va baquvvat bo‘lganlar va bizlarni ham ana shunday bo‘lishga da’vat qilganlar. Farzandlarimizni ot minish, suzish va kamon otishni o‘rganishni tavsiya qilganlar" - dedi Toshkent shahri bosh imomi Nuriddin Xoliqnazarov.
Ushbu targ‘ibot roligi "O‘zbekiston 24", "Madaniyat va ma’rifat", "Mahalla", "Oilaviy", "Yoshlar", "Sevimli", "Mu5", "Uzreport" telekanallari orqali muntazam namoyish etilmoqda.