Putin Navalniyning surishtiruvi haqida: qasr menga tegishli emas

Vladimir Putin Aleksey Navalniyning Gelenjikdagi "qasr" to‘g‘risidagi filmini tomosha qilmaganligini aytdi. Ammo yordamchilari tayyorlangan videolar to‘plami bilan tanishib chiqqan.
Sputnik
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Rossiya talabalari bilan o‘tkazilgan onlayn-uchrashuvda Vladimir Putin Aleksey Navalniyning Gelendjikdagi "qasr" to‘g‘risidagi filmini tomosha qilmaganligini aytdi. Chunki bunga uning vaqti yo‘qligi, ammo yordamchilari tomonidan tayyorlangan videolar to‘plami bilan tanishib chiqqan.
Ufa davlat neft texnika universitetining 3-bosqich talabasi Daniil Chemezov YouTube'da joylashtirilgan filmning haqqoniyligi haqida so‘radi.
"Men savolingizga birdan javob bermoqchiman. U yerda mening mulkim sifatida ko‘rsatiladigan hech narsa, na menga, na yaqin qarindoshlarimga tegishli emas va hech qachon tegishli bo‘lmagan. Hech qachon", - deb javob berdi Putin.
O‘tgan haftada Navalniy jamoasi prezident Qora dengiz qirg‘og‘ida 100 milliard rublga qasr qurgani to‘g‘risidagi materialni e’lon qildi.
Kreml Gelenjikdagi Vladimir Putinning "qasri" haqidagi Aleksey Navalniy tomonidan o‘tkazilgan surishtiruvni asossiz safsata va kompilyatsiya deb atadi.
"Bilasizmi, bu mavzu 3-4 yil oldin tarmoqqa tashlangandi. Va bu holatda quruq safsata qilinmoqda, mana bu hiyla-nayranglardan foydalanishga bir necha bor urinishdi. Ko‘pincha o‘zlarini qiynashmayapti ham <...> hech bo‘lmaganda biron bir narsani isbotlash emas, hech bo‘lmaganda tasvirlab berishga minimal urinishlar bilan” - dedi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Kreml "Putin qasri" haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berdi
U yagona yangilik bu - "montaj hikoyalari"dan foydalanish bo‘lgan, deya taxmin qildi.
"U yerda, ma’lum bir qasridagi basseynda, Putinning Yeniseyda suzib yurgani aks etgan <...> butun dunyoda tarqalgan <...> tasvirlar qo‘shib qo‘yilgan. Bu shunday quruq konstatatsiya", - deb tushuntirdi Kreml vakili.
Bundan tashqari, Peskov rossiyaliklarni "FBK muttahamlariga" pul o‘tkazmaslikka chaqirdi, bunday tekshiruvlar – bu firibgarlik ekanligini ta’kidladi.
"Davlat rahbariga qarshi tayyorlangan va tayyorlanayotgan axborot xujumlari haqida allaqachon bizga ma’lum. Ular bo‘lgan, afsuski, davom etadi. Bu holatda prezident mavjud bo‘lmagan mulkka egalik qilishda ayblanmoqda. Butun mol-mulk Rossiya prezidenti tomonidan har yili deklaratsiyalanadi va chop etilgan yillik deklaratsiyada aks etgan", - deb xulosa qildi Peskov.