Dollar va yevro yana yuqoriladi - valyutalar kursi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 18,18 so‘mga ko‘tarildi.
Sputnik
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 25-yanvardan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 18,18 so‘mga yuqorilab, 10 518,99 so‘m tashkil qildi.
Yevro ham 115,58 so‘mga ko‘tarildi va 12 798,46 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rubli esa 2,94 so‘mga pastlab, 139,72 co‘mni tashkil qildi.