Qurilish tashkilotlarining onlayn reytingi ishga tushirildi

STIR bo‘yicha (9 ta raqam) qurilish tashkilotlarining reytingini bilib olish mumkin bo‘lib, reytingdan jami 36 mingdan ortiq tashkilot joy olgan.
Sputnik
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda qurilish-pudrat tashkilotlarining reytingi ishlab chiqildi. Bu haqda Qurilish vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Qurilish tashkilotlarining reytingi bilan Reyting.mc.uz sayti orqali tanishish mumkin.
Qayd etilishicha, STIR bo‘yicha (9 ta raqam) qurilish tashkilotlarining reytingini bilib olish mumkin bo‘lib, reytingdan jami 36 mingdan ortiq tashkilot joy olgan.
“Qurilish-pudrat tashkilotlari reytingida ularning salohiyati 71 ta ko‘rsatkichni qamrab olgan 6 ta guruhdan iborat mezonlar bilan o‘lchanadi. Salohiyatni aniqlashda esa tashkilotning malakali mutaxassislari, moliyaviy ko‘rsatkichlari, bajargan ishlarining sifati, ish tajribasi, texnik bazasi, raqobatdoshligi kabi qurilishda yuqori sifatni ta’minlovchi mezonlar muhim ahamiyatga ega", — deyiladi xabarda.