Habib Nurmagomedov Makgregorning mag‘lubiyatiga munosabat bildirdi

Irlandiyalik jangchi UFC 257 turnirida Dastin Poryega ikkinchi raunddayoq texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregor amerikalik Dastin Poryega jamoasini o‘zgartirgani va zaif sparring sheriklari tufayli uchun yutqazdi. UFCʼning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov o‘zining Twitterʼdagi sahifasida shunday fikr bildirdi.
Makgregor 24-yanvar kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan UFC 257 turnirida texnik nokaut bilan ikkinchi raunddayoq Poryega mag‘lub bo‘ldi. Avvalroq Nurmagomedov navbatma-navbat Makgregor va Porye ustidan bo‘g‘ish usuli bilan g‘alaba qozongan edi.
“Seni chempionga aylantirgan sparing sheriklaringni, jamoangni o‘zgartirsang mana nima bo‘ladi”, - deya yozdi Nurmagomedov.
Uning fikriga, Konor voqelikdan uzoqda yosh bolalar bilan sparring qilgan.
2020 yil oktabrida Nurmagomedov amerikalik Jastin Getji ustidan qo‘li baland kelib, karyerasini yakunlashini e’lon qilgan edi. Keyinrok u oktagonga qaytishi mumkinligini istisno qilmadi.