TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi va yetakchi Turkiya farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi Turkiyada COVID-19 ga qarshi “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, yiliga bir necha million doza vaksina ishlab chiqariladi, kelgusida ishlab chiqarishni kengaytirish ehtimoli muhokama qilinmoqda.
“Vaksina ham Turkiya ichki bozoriga, ham boshqa mamlakatlarga yetkazib beriladi”, - deyilgan xabarda.
"Sputnik V" – Rossiyaning Gamaleya nomidagi Milliy mikrobioligiya va immunologiya markazi tomonidan ishlab chiqilgan va ro‘yxatga olingan dunyodagi birinchi vaksinadir. Bugungi kunda Sputnik V vaksinasini olganlar soni 1 milliondan oshgan va uning samaradorligi 95 %ni tashkil qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev O‘zbekistonda “Sputnik V” vaksinasini tezkor sertifikatsiyalash ustida ish olib borilayotgani va uni chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani haqida ma’lum qilgan edi.