TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Surxondaryo viloyatidagi Tangimush va Oqjar stansiyalari oralig‘idagi temir yo‘l kesishmasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xabar qildi.
“Damas” avtomobili svetoforning qizil chirog‘iga qaramay, temir yo‘l kesishmasidan o‘tmoqchi bo‘lgan va “Toshkent-Termiz” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan 080 yo‘lovchi poyezdining yon tomoniga urilgan.
YTH natijasida avtomashina haydovchisi 25 yoshli S.X. olgan jarohatlari tufayli kasalxonaga yetkazilgan. Biroq unga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramaydan haydovchi vafot etgan.
Poyezd voqea joyida 13 daqiqa turib, harakatini davom ettirdi. Poyezd yo‘lovchilari orasida qurbonlar va jarohat olganlar yo‘q.