Mahmud Murodov amerikalik raqibini taslim etdi

Murodov uchinchi raundda kuchli zarbasi bilan amerikalik Endryu Sanchesni muvozanatni yo‘qotib qo‘yishiga erishdi va ketma-ket zarbalar berdi.
Sputnik
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekistonlik jangchi Mahmud Murodov Abu-Dabida bo‘lib o‘tayotgan UFC 257 turnirida jang qildi.
Ushbu jangda unga amerikalik Endryu Sanches raqiblik qildi. Uch raundga mo‘ljallangan jang uchinchi raundda yakunlandi. 
Murodov uchinchi raundda kuchli zarbasi bilan raqibini muvozanatni yo‘qotib qo‘yishiga erishdi va ketma-ket zarbalar berdi. Hakam ushbu vaziyatdan so‘ng jangni to‘xtatdi va o‘zbekistonlik jangchining g‘alabasini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, Mahmud Murodov bungacha UFCʼda ikkita jang o‘tkazgan va ularning har ikkisida ham qo‘li baland kelgan. Bu uning uchinchi g‘alabasi bo‘ldi.