Mahmud Murodov amerikalik raqibini qanday texnik nokautga uchratdi – video

O‘zbekistonlik jangchi Mahmud Murodov Abu-Dabida bo‘lib o‘tayotgan UFC 257 turnirida jang qildi. Ushbu jangda unga amerikalik Endryu Sanches raqiblik qildi.
Sputnik
Uch raundga mo‘ljallangan jang uchinchi raundda yakunlandi. Chunki Murodov kuchli zarbasi bilan raqibini muvozanatni yo‘qotib qo‘yishiga erishdi va ketma-ket zarbalar berdi.
Hakam ushbu vaziyatdan so‘ng jangni to‘xtatdi va o‘zbekistonlik jangchining g‘alabasini qayd etdi.