"Uzbekistan Airways" Krasnodar va Qozondan charter reyslarni amalga oshiradi

O‘zbekistonga Rossiya Federatsiyasining shaharlaridan PZR-testdan (qatnov jo‘nashidan 72 soat ichida amalga oshirilgan) o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etilgan holda parvoz qilishga ruxsat etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 23 yanv - Sputnik. "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi 2021-yil 9 va 23-fevral kunlari Krasnodardan Toshkentga charter qatnovlarini amalga oshiradi.
Eron aviakompaniyasi Samarqand va Buxoroga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqchi
Krasnodar - Toshkent jo‘nab ketish 21:20 da, yetib kelish soat 02:50 da
O‘zbekistonga Rossiya Federatsiyasining shaharlaridan PZR-testdan (qatnov jo‘nashidan 72 soat ichida amalga oshirilgan) o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etilgan va O‘zbekiston Respublikasi viza rejimiga rioya qilingan holda parvoz qilishga ruxsat etiladi. PZR ma’lumotnomasiga yega bo‘lmagan yo‘lovchilar aviakompaniyaning qatnovlariga qo‘yilmaydi.
Shuningdek, aviakompaniya 2021-yil 2, 9, 16 va 23-fevral kunlari Qozondan Toshkentga charter qatnovlarini amalga oshiradi.
Qozon - Toshkent jo‘nab ketishi soat 18:30da, yetib kelish soat 23:30da.