TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. AQSh Senati Pentagon rahbari lavozimiga Lloyd Ostin nomzodini ma’qulladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Ostin uchun 93 nafar senator ovoz bergan, ikki kishi qarshi chiqqan. Sal oldin uning nomzodini senatning mudofaa qo‘mitasi qo‘llab-quvvatlagan edi.
Fuqarolik mudofaa vaziri lavozimiga yetti yilgacha bo‘lgan muddat avval iste’foga chiqqan harbiylar safidan nomzodlar uchun kongressning maxsus ruxsatnomasi talab etiladi. Ostin 2016-yilda iste’foga chiqqan.
Lloyd Ostin 67 yoshda, to‘rt yulduzli general rangiga ega. Ostin AQSh mudofaa idorasiga rahbarlik qilgan birinchi afroamerikalikka aylandi. Germaniyada, Qo‘shma Shtatlarning ko‘plab nuqtalarida xizmat qilgan, shtablar rahbarlari birlashgan qo‘mitasida faoliyat yuritgan, diviziya qo‘mondoni bo‘lgan va 2006-yilda general-leytenant unvonini olgan.
2010-yilda Ostin AQShning Iroqdagi kuchlari qo‘mondoni etib tayinlangan va mamlakatdan asta-sekin chiqarilishi uchun javob bergan. 2011-yilning dekabrida uni quruqlikdagi kuchlar shtabi qo‘mondoni o‘rinbosari etib tayinlashgan, 2013-2016 yillarda u AQSh HK Markaziy qo‘mondonligiga rahbarlik qilgan.
Bu lavozimda u Vashingtonning "Islom davlati"ga qarshi kurash strategiyasini ishlab chiqishda bosh rolni o‘ynagan. 2016-yilda iste’fodan so‘ng eng yirik qurol ishlab chiqaruvchi - Raytheon direktorlar kengashida lavozimni egallagan.