Toshkent ko‘chalarida “A” maxsus ajratilgan yo‘laklar tashkil etiladi - ro‘yxat

Avtobus, yo‘nalishli taksi, tez tibbiy yordam, o‘t o‘chiruvchi mashinalar harakati uchun Toshkent shahridagi 10 ta ko‘chalarda alohida ajratilgan yo‘laklar tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Avtobus, yo‘nalishli taksi, tez tibbiy yordam, o‘t o‘chiruvchi mashinalar harakati uchun Toshkent shahridagi 10 ta ko‘chalarda alohida ajratilgan yo‘laklar tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Piyodalar yo‘laklarida tashqi reklama obyektlarini o‘rnatish taqiqlandi
Toshkent shahridagi 10ta ko‘cha:
1. Bobur ko‘chasi (Xalqaro aeroport bekatidan Seul ko‘chasi kesishmasi);
2. Furqat ko‘chasi (Seul ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasi kesishmasi);
3. Kichik halqa aylanma yo‘li (Shota Rustaveli ko‘chasidan Farxod ko‘chasi kesishmasi);
4. Farxod ko‘chasi (Kichik halqa aylanma yo‘lidan Lutfiy ko‘chasi kesishmasi);
5. Lutfiy ko‘chasi (Farxod ko‘chasidan Muqimiy ko‘chasi kesishmasi);
6. Muqimiy ko‘chasi (Lutfiy ko‘chasidan Shota Rustaveli ko‘chasi kesishmasi);
7. Farg‘ona yo‘li ko‘chasi (Qo‘shko‘prik ko‘chasidan Qo‘yliq ota ko‘chasi kesishmasi);
8. Istiqbol ko‘chasi (Nukus ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasi kesishmasi);
9. Axmad Donish ko‘chasi (Toshkent halqa aylanma yo‘lidan Nurafshon ko‘chasi kesishmasi);
10. Sebzor ko‘chasi (Nurafshon ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi kesishmasi)ga qadar alohida yo‘laklar ajratish ko‘zda tutilmoqda.