Rossiya armiyasi “Penitsillin” - yangi razvedka qurolini oldi

"Penitsillin" – dushman artilleriya va raketa qurollari koordinatasini issiqlik va tovush yordamida aniqlab elektron xaritaga kiritadi.
Sputnik
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Rossiya armiyasida "Penitsillin" nomli eng yangi razvedka majmuasi ishga tushdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti "Vega" konserni axborotiga asosan. 
“2020 yilning dekabr oyida buyurtmachiga "Penitsillin" majmuasining birinchi partiyasi yetkazib berildi”, - dedi "Vega" konserni direktori Vacheslav Mixeyev.
"Penitsillin" – dushman artilleriyasi va reaktiv zarba berish vositalarining joylashgan joyini aniqlash uchun foydalaniladigan razvedka majmuasidir.
"Penitsillin" – dushman artilleriya va raketa qurollari koordinatasini radi to‘lqin yordamida emas, yangi prinsip – issiqlik va tovush (shovqin) yordamida aniqlaydi. Shu sababli unga radioelektron bosim ta’sir qilmaydi va radioto‘lqin tufayli o‘zini oshkor qilmaydi.
"Penitsillin" kunduzi ham tunda ham, havoning -40 +50 darajasida ham ishlashi mumkin. Majmua yuqori aniqlik va tezlikda ishlaydi. Nishon koordinatalari haqida ma’lumot olish uchun 5 soni kerak bo‘ladi va nishon elektron xaritaga kiritiladi.
"Penitsillin" majmuasini KamAZ avtomobiliga o‘rnatish mumkin. Uning optik-elektron razvedka tizimi baland ko‘tariladigan ustunga o‘rnatiladi.