TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Isroillik model Yayel Shelbiya - dunyodagi eng chiroyli yuzli model deb tan olingan. U tashqi qiyofasi sababli internetda keskin tanqidga uchragani yuzasidan shikoyat qildi, deb xabar qildi The Sun.
Yanvar oyi boshida 19 yoshli isroillik model Independent Critics talqiniga ko‘ra - dunyodagi eng go‘zal 100 kishi ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Ovozlar soni bo‘yicha model tailandlik xonanda Liza Manoban, avstraliyalik model Meyku Vullard va tayvanlik qo‘shiqchi Chjou Sziyuni ortda qoldirdi.
Shelbiya ta’kidlashicha, ushbu maqom unga ayrim foydalanuvchilarning salbiy munosabatini olib kelmoqda.
"Men doimiy ravishda muxlislardan sevgi va qo‘llab-quvvatlashni olaman, lekin menga ko‘p xabarlar keladi, tan olishim kerakki, ular ayrimlari – juda yoqimsiz. Xeyterlar tashqi qiyofam bo‘yicha haqoratomuz izohlarni yozishadi, men bunga e’tibor bermaslikka harakat qilaman", - dedi u.
Shelbiya 16 yoshida model sifatida ish boshladi. Uch yilda u Dolce & Gabbana, Versace, L"Oreal, KKW Beauty, Kylie Cosmetics, FINNEY mobile va boshqa brendlar bilan hamkorlik qilishga erishdi.