Dam olish kunlari O‘zbekiston Rossiyadan kelgan sovuq antisiklon ta’sirida bo‘ladi

O‘zbekistonning barcha hududlari Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa hududidan kirib kelgan sovuq antisiklon ta’siri ostida bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Bugun O‘zbekistonning barcha hududlari Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa hududidan kirib kelgan sovuq antisiklon ta’siri ostida bo‘ladi. Kun davomida ko‘p hududlarida qor yog‘ishi kuzatiladi, faqat shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kamroq. Havo harorati 2-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Izg‘irin ob-havo hafta oxirida O‘zbekistonga qaytadi
Ertaga O‘zbekiston hududlariga sovuq atmosfera fronti ta’siri saqlanib turadi, respublikaning shimoliy va sharqiy hududlarida biroz qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 5-10 daraja sovuqni, kunduzi 0-5 daraja sovuqni tashkil etadi.
Yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kechasi va ertalab biroz qor yog‘ishi mumkin. Kechasi 5-10daraja gacha bo‘lgan sovuq kuzatiladi, kunduzi havo biroz manfiy qiymatlargacha isiydi va 0-3 daraja iliq atrofida.
Shu kunlarda o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati iqlimiy meyorlardan 8-10 darajaga past bo‘ladi.