Abdukamilov: bitiruvchi-atomchilar darhol o‘zbek AESi pultiga yaqinlashtirilmaydi

"O‘zatom" agentligining Ilm-fan, innovatsiyalar va kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Shavkat Abdukamilov atom energetikasi boshqaruvi tizimiga to‘liq kirish imkoniyatiga ega bo‘lishidan oldin atom sohasidagi yosh mutaxassislarni nimalar kutishi haqida gapirdi
Sputnik
O‘zbekistonda 2028-yilga qadar Markaziy Osiyoda birinchi atom elektr stansiyasini barpo etish rejalashtirilgan. Biroq, kadrlarni tayyorlash jarayoni ancha oldin boshlab yuborilgan. Xususan, kadrlar nafaqat Toshkentdagi NIYaU MIFI tomonidan, balki respublika oliygohlaridagi alohida muxsus fakultetlar tomonidan ham tayyorlanmoqda.
O‘zbekistonda AES ishga tushsa boshqa respublikalarda ham qiziqish paydo bo‘ladi – ekspert
Shavkat Abdukamilovning so‘zlariga ko‘ra, atom energetikasi singari eng muhim sohada mutaxassislarni tayyorlash oliy ta’lim muassasasida olingan ta’lim bilan chegaralanmaydi - bu tayyorgarlikning birinchi pillapoyasidir, xolos.
"Bu, zinhor, atomchi-bitiruvchilar diplomlarini olganlaridan so‘ng darhol AES energiya bloklarini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lishlarini anglatmaydi. Kadrlarni tayyorlash - uzluksiz jarayondir. Shu tarzda, yosh mutaxassislar qurilish jarayonida va ishga tushirish bosqichlarida faol ishtirok etishadi va ish mohiyatini o‘rganadilar. Bundan tashqari, Rossiyadagi shunga o‘xshash AESlarda, xususan, Novovoronejdagi AESda majburiy stajirovkalar rejalashtirilgan. Bulardan tashqari, birinchi blok ishga tushirilgandan so‘ng, qurilayotgan ikkinchi blokning mutaxassislari o‘quv mashg‘ulotlari maqsadida ishlayotgan reaktorda hamkasblari bilan birgalikda barcha harakatlarni mashq qiladilar", - deya izoh berdi "O‘zatom" vakili.
Aytgancha, O‘zbekistondagi bo‘lajak AESning birinchi obyekti boshqaruv panelining to‘liq o‘lchamdagi modeliga ega o‘quv majmuasi bo‘ladi. Aynan ushbu trenajerda stansiyaning bo‘lajak operatorlari tajribali hamkasblari va muhandislar rahbarligida har qanday favqulodda vaziyatlarda o‘z harakatlarini mashq qilib, mahoratlarini oshirishadi.
Mamlakat atom sanoati faoliyati uchun kadrlar tayyorlash metodikasi haqida Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida rus tilida tinglang.