Qashqadaryoda bir erkakning qornini qizigan kapkir bilan kuydirib qiynashdi

Aniqlanishicha, fuqaro Rossiyaga ishlashga ketganda uning xotini jabrlanuvchi bilan muloqotda bo‘lib kelgan.
Sputnik
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Qashqardaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida bir fuqaro shafqatsizlarcha kaltaklangani yuzasidan jinoiy ish ochildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.
Fuqaro K.A. tuman 17-yanvar kuni tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unda 15-yanvar kuni sinfdoshi A.Q. va uning turmush o‘rtog‘i G.A. o‘zlarining “Qurashayx” qishlog‘idagi yashash uyiga chaqirgani va  yerga kelganda uni shafqatsizlarcha kaltaklashganini bayon qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, oyoq va qo‘llarini arqon ip bilan bog‘lab, yuz, bosh va son sohalariga tayoq bilan urishgan. Keyin kapkirni temir pechda qizdirib, uning qorin sohasiga bir necha marta bosib kuydirishgan.
Andijonda erkak so‘kingan qo‘shnisini ketmon bilan urib o‘ldirdi
Tibbiy ma’lumotnomada K.A.da “bosh miya chayqalishi, boshning teppa va chap chakka sohasida qon quyilishi, boshining peshona sohasida ezilib yirtilgan yarasi, qorin pastki sohasi kuygan jarohati va boshqa tan jarohatlari” mavjudligi ko‘rsatilgan
Mazkur holat yuzasidan Yakkabog‘ tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 110-moddasi 1-qismi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davomida A.Q. Rossiyaga ishlashga ketgan vaqtida uning turmush o‘rtog‘i G.A. jabrlanuvchi K.A. muloqotda bo‘lib kelganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, jarblanuvchi 15-yanvar kuni shifoxonaga murojaat qilgan vaqtida yuqoridagi janjalni yashirgani aniqlangan. U otdan yiqilib, uni ot sudrab ketganligini ma’lum qilgan. Keyin birinchi yordamni olib shifonadan chiqib ketgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.