Vengriya YeIda birinchi bo‘lib “Sputnik V” vaksinasidan foydalanishni ma’qulladi

Vengriya Yevropa Ittifoqida o‘z hududida “Sputnik V” vaksinasidan foydalanishni rasman ma’qullagan birinchi davlat bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Vengriya Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasidan foydalanishni ma’qulladi. Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi xabar qildi.
“Rossiya pul ortidan quvmaydi”: Yevropada “Sputnik V” vaksinasini himoya qilishdi
Shunday qilib, Vengriya Yevropa Ittifoqida o‘z hududida “Sputnik V” vaksinasidan foydalanishni rasman ma’qullagan birinchi davlat bo‘ldi. Vaksina Vengriyada “Sputnik V”ning Rossiyadagi klinik tadqiqotlari ma’lumotlari va Vengriya mutaxassislarining har tomonlama bergan bahosi asosida tezlashtirilgan tartibda ro‘yxatga olingan.
O‘tgan yil oxirida Vengriya koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasining 6 ming dozasini olgan edi. Dekabr oyi boshida vengriyalik mutaxassislar Rossiyada bo‘lib, “Sputnik V” vaksinasining yaratilishi, tadqiqotlari va ishlab chiqarilishi bilan tanishgan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ham “Sputnik V” vaksinasini tezkor sertifikatsiyalash ustida ish olib borilmoqda va uni chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.